AsosiyJamiyat

Sirdaryoda piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan shaxs ushlandi

'Sirdaryoda piyodani urib yuborib, voqea joyidan qochib ketgan shaxs ushlandi'ning rasmi

Sirdaryo tumanida shu yil 25 sentyabr kuni noma`lum haydovchi aniqlanmagan avtomashina bilan “Tadbirkor” MFY hududida yo`lni kesib o`tayotgan piyoda R.X.ni urib yuborib, o`limiga sababchi bo`lib, voqea joyidan ketib qolgani va uni qidirib topish choralari ko`rilgani haqida avval xabar bergan edik.

IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, fuqarolarning bergan muhim ma`lumotlari va ichki ishlar organlari xodimlarining say`i-harakatlari tufayli ushbu yo`l-transport hodisasini sodir etgan shaxs ma`lum bo`lgan.

Unga ko`ra Sirdaryo tumanida yashovchi I.Sh. boshqaruvidagi “Neksiya” rusumli avtomashinasida sodir etganligi aniqlanib, qo`lga olindi.

Holat yuzasidan jinoyat ish qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar