AsosiyDunyo

AQShda polisiyachi uy egasiga o`q uzdi

'AQShda polisiyachi uy egasiga o`q uzdi 'ning rasmi

AQShning Dallas shtatida polisiyachi o`z uyini adashtirib, boshqa uyga kirib qolgan va "o`z uyida" jinoyatchi bor deb o`ylab, uy egasiga qarata o`q uzdi, deya xabar qildi News.day.az nashri.

Gap nimada ekanini anglagan polisiya ofiseri darhol tez tibbiy yordam va polisiyani chaqirgan. Uy egasi 26 yoshli Botem Shem Jin esa shifoxonada vafot etdi. Voqeani sodir etgan polisiya xodimi esa qo`lga olingan, uning shaxsi oshkor qilinmayapti. Voqea ilk e`tirozlarni keltirib chiqarishga ulgurdi. Dallas polisiyasi shtab-kvartirasi oldida 150 kishi ofiserni ozodlikdan mahrum qilishni talab qilib namoyish o`tkazdi.

    Boshqa yangiliklar