AsosiyJamiyat

Yashnobod tumanidagi 166-maktabda yuz bergan holat IIBB tomonidan tasdiqlanmadi

'Yashnobod tumanidagi 166-maktabda yuz bergan holat IIBB tomonidan tasdiqlanmadi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda audioyozuv tarqaldi. Unda 3-sinf o`quvchisining onasi tomonidan yozilgani aytilayotgan audioda notanish ayol suratga olib qo`yish bahonasida ikki o`quvchi qizni mashinaga chaqirgani haqida so`z boradi.

Audioda aytilishicha, bu holat Yashnobod tumanidagi 166-maktabda yuz bergan.

Toshkent shahar IIBB mazkur axborot tekshirib chiqilganini ma`lum qildi. Barcha ichki ishlar organlari xodimlaridan shu kabi murojaat bo`lgani so`ralgan, maktab atrofida o`rnatilgan kuzatuv kameralari tekshirilgan, maktab o`qituvchilari, o`quvchilari va ularning ota-onalari bilan suhbat o`tkazilgan. Natijada bunday hodisa yuz bermagani aniqlangan.

Bundan tashqari ushbu maktab direktori uchinchi sinf o`quvchilari orasida Arina va Elya ismli qizlar o`qimasligini ta`kidlagan.

Ota-onalar bilan suhbat davomida ushbu audioni Telegram’dagi guruhlarga tarqatgan ikki ona aniqlangan. Ulardan biri ushbu audio Rossiya Federasiyasining Astraxan shahrida yashovchi tanishidan, ikkinchisi Sergeli tumanida yashovchi o`rtog`idan kelganini aytgan.

Toshkent shahar IIBB shu kabi holatlar yuzasidan aholiga murojaat qilib, ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqalgan har qanday xabarga ishonavermaslikka va ushbu ma`lumotlarga o`zidan yangi holatlarni qo`shib uni haqiqatdek tarqatmaslikka chaqirgan. Hamda doimiy ogohlik hech qachon zarar qilmasligini ta`kidlab o`tgan.

    Boshqa yangiliklar