1

Shavkat Mirziyoev o`qituvchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotladi

Siyosat 29.09.2018, 10:44
Shavkat Mirziyoev o`qituvchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotladi

O`zbekiston Respublikasi prezidenti “O`qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta`lim-tarbiya tizimida alohida o`rnak ko`rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to`g`risida”gi farmonni imzoladi. Hujjat matni O`zA tomonidan keltirilgan.

Mamlakatimizda barcha sohalar qatori ta`lim tizimida ham keng ko`lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu o`zgarishlarning samarasi, yurtimizning taraqqiy topgan davlatlar qatoridan munosib o`rin egallashi avvalo, ilm-fan va ta`lim-tarbiya sohasining rivoji bilan uzviy bog`liqdir.

Bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni, xorijiy tillarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qo`yayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo`lgan farzandlarimizning munosib kamol topishida o`qituvchi va murabbiylarimizning hissasi beqiyos ekanini ta`kidlash lozim, deyiladi farmonda.

Mamlakatda ta`lim va tarbiya tizimini davr talablari asosida takomillashtirish, sohaga doir islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oshirish ishlariga qo`shgan salmoqli hissasi, yoshlarga ilm-fan asoslari va zamonaviy kasb-hunarlarni o`rgatish, ularni ona Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi ko`p yillik samarali xizmatlari hamda ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki uchun quyidagilarga faxriy unvonlar berildi:

«O`zbekiston Respublikasi xalq o`qituvchisi»

Annakulova Nazokat Eshalievna - Termiz shahridagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Mamadaliev Abbos Mamasolievich - Namangan shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining matematika fani o`qituvchisi, Namangan viloyati

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan xalq ta`limi xodimi»

Karaeva Xabiba Bebitovna - Jondor tumanidagi 49-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining kimyo fani o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Xodjaeva Maxtuma Ziyatovna - Uchtepa tumanidagi 287-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Toshkent shahri

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi»

Radjabov Baxtiyor Sharipovich - Chirchiq davlat pedagogika institutining aniq fanlar kafedrasi professori, Toshkent viloyati

Seydametova Tamara Sultamuratovna - Shumanay tumanidagi 33-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Yuldasheva Gulchexraxon - Andijon tumanidagi «Gumbaz» mahalla fuqarolar yig`ini raisi, Andijon viloyati

«O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan sport ustozi»

Ahmejanov Alim Achilovich - Engil atletika bo`yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining engil atletika bo`yicha murabbiyi

Yurtimizda ta`lim sohasini rivojlantirish, o`quv jarayoniga ilg`or pedagogik va axborot-kommunikasion texnologiyalarni keng joriy etish, chuqur bilim va zamonaviy kasb-hunarga ega malakali kadrlarni tayyorlash ishlariga qo`shgan munosib hissasi, mustaqil fikrlaydigan, iqtidorli, sog`lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, ularni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashdagi katta xizmatlari uchun quyidagilar mukofotlandi:

«Fidokorona xizmatlari uchun» ordeni bilan

Aleuov Userbay - Nukus davlat pedagogika institutining pedagogika kafedrasi professori, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Qurambaeva Maryam - Xonqa tumanidagi 33-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori, Xorazm viloyati

Mutalova Gulchexra Xamidovna - Piskent tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Toshkent viloyati

Urmonov Jaloliddin Rustamovich - Dang`ara tumanidagi 2-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

«Mehnat shuhrati» ordeni bilan

Abduazizova Zulfiya Xayrullaevna - Yangiobod tumanidagi 7-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Jizzax viloyati

Ashurov Nemat Abdujabbarovich - Payariq tumanidagi 62-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati

Genjebaeva Gulparshin Shaudirbaevna - Kegeyli tumanidagi 14-maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Jumaeva Gulnora Boboqulovna - Buxoro davlat universiteti qoshidagi Qorako`l akademik liseyining matematika fani o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Ismailov Tulavay Dustovich - Olmazor tumanidagi 22-umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi, Toshkent shahri

Kadirova Ravshanoy Ismailjanovna - Andijon shahridagi 14-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Andijon viloyati

Qodirov Do`stqobil To`rabaevich - Mehnat faxriysi, Surxondaryo viloyati

Madyarova Svetlana Aminovna - Toshkent davlat pedagogika universitetining umumiy pedagogika kafedrasi dosenti, Toshkent shahri

Muminova Maxpratxon Tursunovna - Uychi tumanidagi 26-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika va informatika fanlari o`qituvchisi, Namangan viloyati

Ruzmetov Qadamboy Ollaberganovich - Qo`shko`pir tumanidagi 10-bolalar musiqa va san`at maktabining afg`on rubobi sinfi o`qituvchisi, Xorazm viloyati

Sa`dullaeva Nigora Xayrievna - Nurota tumanidagi 3-umumiy o`rta ta`lim maktabining kimyo fani o`qituvchisi, Navoiy viloyati

Turg`unova Xamidaxon Pozilovna - Farg`ona tumanidagi 9-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

Tursunova Qosima Maxkamovna - Bo`ka tumanidagi 15-Mehribonlik uyi tarbiyachisi, Toshkent viloyati

Uljabaev Umurzak - Guliston davlat universitetining o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi dosenti, Sirdaryo viloyati

Xamdamov Utkir Mirzokarimovich - Shirin energetika va maishiy xizmat kasb-hunar kollejining maxsus fan o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Ergasheva Aykumush Xushvaktovna - Qarshi shahridagi 22-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

II darajali «Sog`lom avlod uchun» ordeni bilan

Berdieva Nigara Kurbanovna - Jomboy tumanidagi 46-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Samarqand viloyati

Gasparyan Svetlana Surenovna - Yunusobod tumanidagi 246-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori, Toshkent shahri

Meliev Xamidilla Abdullaevich - Jizzax davlat pedagogika institutining maktabgacha va boshlang`ich ta`lim metodikasi kafedrasi professori, Jizzax viloyati

Raximkulova Mukaddam Xakimovna - Qarshi shahridagi 46-maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi, Qashqadaryo viloyati

Son Svetlana Mixaylovna - Qoraqalpog`iston Respublikasi 1-Mehribonlik uyi direktori

Shaipov Rafik Mirxaydarovich - Gimnastika bo`yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining sport akrobatikasi bo`yicha katta murabbiyi

«Do`stlik» ordeni bilan

Butaev Ismayil Azimovich - Dehqonobod tumanidagi 7-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Jumaniyazov Atabay - Urganch davlat universitetining nemis va fransuz tillari kafedrasi professori, Xorazm viloyati

Kucharov Sharafidin Turapovich - Denov tumanidagi 54-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Kuchkarova Zamira Akramalievna - Guliston tumanidagi 10-maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi, Sirdaryo viloyati

Lyukshina Alevtina Nikolaevna - Sergeli tumanidagi 7-umumiy o`rta ta`lim maktabining kimyo fani o`qituvchisi, Toshkent shahri

Madreymova Ulpash Karinsauovna - Tomdi tumanidagi 18-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori, Navoiy viloyati

Muxitdinova Sanoatxon Kaxarovna - Mehnat faxriysi, Namangan viloyati

Otamuratov Shavkat Karimovich - Bog`ot tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati

Rafieva Olima Abduraufovna - Buxoro shahridagi 54-maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri, Buxoro viloyati

Ruzieva Iroda Zubaydullaevna - Kattaqo`rg`on tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati

Ten Svetlana Konstantinovna - Yuqori Chirchiq tumanidagi 34-umumiy o`rta ta`lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o`qituvchisi, Toshkent viloyati

Tuychieva Xolidaxon Ro`zievna - Qo`rg`ontepa tumanidagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun internat uyi tarbiyachisi, Andijon viloyati

Umarxodjaev Muxtar Ishanxodjaevich - Andijon davlat universitetining nemis tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, Andijon viloyati

Xodjalepesova Gulistan Xoldasovna - Qoraqalpog`iston Respublikasi Ibrayim Yusupov nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining qoraqalpoq tili va adabiyoti fani o`qituvchisi

Xoshimova Mamlakat Muydinovna - Qo`qon davlat pedagogika institutining o`zbek tili va adabiyoti kafedrasi dosenti, Farg`ona viloyati

Sharipova Rabiya Xizrievna - G`allaorol tumanidagi 16-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Jizzax viloyati

Yakubova Odinaxon Anvarovna - Marg`ilon pedagogika kollejining pedagogika fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

«Shuhrat» medali bilan

Abdujabborova Muqaddas Yuldoshevna - Qashqadaryo viloyati Abdulla Oripov nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi

Abdullaeva Lyudmila Xadievna - Samarqand davlat chet tillar institutining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi dosenti, Samarqand viloyati

Abduraximova Dilorom Olimjanovna - Namangan shahridagi 26-Mehribonlik uyi direktori, Namangan viloyati

Abduraxmonova Maxmudaxon Orifovna - O`zbekiston tumanidagi 9-maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi, Farg`ona viloyati

Amonova Xurshida Abdukodirovna - Ohangaron tumanidagi 33-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Toshkent viloyati

Asanova Gulsara Sagindikovna - Chimboy tumanidagi 45-umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Axmedov Baxadir Usmanovich - Sirdaryo tumanidagi 11-umumiy o`rta ta`lim maktabining tarix fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Ashurov Baxrom Abdumavlonovich - Jizzax viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o`smirlar sport maktabining boks bo`yicha murabbiyi

Babaxanova Dilbar Shamirzaevna - Toshkent tibbiyot akademiyasi qoshidagi akademik liseyning biologiya fani o`qituvchisi, Toshkent shahri

Bayramtaganova Gulayim Saparbaevna - To`rtko`l tumanidagi 9-umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya va kimyo fanlari o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Barieva Mukaddam Isamutdinovna - Buxoro shahridagi 32-umumiy o`rta ta`lim maktabining informatika fani o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Berdieva Iroda Shodmonovna - Shofirkon tumanidagi 38-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Boboqulova Gulnora To`raevna - Sherobod tumanidagi 27-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Bozorova Gulbaxor Rayimovna - Kattaqo`rg`on pedagogika kollejining pedagogika va psixologiya fanlari o`qituvchisi, Samarqand viloyati

Viskunova Olga Aleksandrovna - Sho`rchi tumanidagi 2-maktabgacha ta`lim muassasasi tarbiyachisi, Surxondaryo viloyati

Davletyarov Baxadir Tulebaevich - Qoraqalpog`iston Respublikasi ixtisoslashtirilgan bolalar va o`smirlar sport maktabining akademik eshkak eshish bo`yicha murabbiyi

Davronova Rayxon Davlatovna - Chiroqchi tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Dauletmuratova Klara Kurbanbaevna - Qo`ng`irot sanoat kasb-hunar kollejining maxsus fan o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Do`stova Oyrajab Suyunovna - Qo`shrabod tumanidagi 85-umumiy o`rta ta`lim maktabining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati

Jalilova Barnoxon Raxmatovna - Boyovut tumanidagi 18-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Ibragimova Mu`tabar Faxrievna - Tayloq tumanidagi 30-umumiy o`rta ta`lim maktabining kimyo fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati

Isroilova Nilyufar Jalalovna - Chirchiq shahridagi 15-bolalar musiqa va san`at maktabi direktori, Toshkent viloyati

Kadirova Dilbar Normuminovna - Termiz davlat universitetining biologiya kafedrasi dosenti, Surxondaryo viloyati

Kuvvatova Muxayyo Tulkinovna - Jizzax viloyati Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi

Kultaeva Malika Nuralievna - Jarqo`rg`on tumanidagi 2-umumiy o`rta ta`lim maktabining tarix fani o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Kurbanova Zarifa Bokijanovna - Namangan davlat universitetining pedagogika va psixologiya kafedrasi katta o`qituvchisi, Namangan viloyati

Madaminov Ma`mirjon Abdumannabdjonovich - Xo`jaobod tumanidagi 4-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Andijon viloyati

Malikova Saodat Talipovna - Uchtepa tumanidagi 238-umumiy o`rta ta`lim maktabi direktori, Toshkent shahri

Maxmudova Gulbaxor Marufovna - Chust tumanidagi «Wonderkids school» nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri, Namangan viloyati

Mirdadaeva Nargiza Mirsidikovna - Shayxontohur tumanidagi 157-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Toshkent shahri

Mirzadjanov Farxod Mirxamitovich - Sport yakka kurashlari bo`yicha Respublika oliy sport mahorati maktabining og`ir atletika bo`yicha murabbiyi

Morozova Vladislava Anvarovna - Quvasoy shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

Mullaeva Ziyodaoy Maxmudovna - Xatirchi tumanidagi 20-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Navoiy viloyati

Muxamedova Dilfuza Batirovna - Toshkent gidrometeorologiya kasb-hunar kollejining maxsus fan o`qituvchisi, Toshkent shahri

Nosirov Isroil Maxmudovich - Parkent tumanidagi 49-umumiy o`rta ta`lim maktabining jismoniy tarbiya fani o`qituvchisi, Toshkent viloyati

Pes Alyona Yurevna - G`uzor tumanidagi 6-umumiy o`rta ta`lim maktabining rus tili va adabiyoti fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Polvonova Munavarxon Akramovna - Rishton tumanidagi 49-umumiy o`rta ta`lim maktabining biologiya fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

Pulatova Ziyoda Tursunovna - Andijon tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Andijon viloyati

Ravshanova Dilfuza Rayemqulovna - Samarqand shahridagi «Timur-Fayz» nodavlat maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri, Samarqand viloyati

Razikova Xosiyat Kaxramonovna - Narpay tumanidagi 64-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Samarqand viloyati

Rasulova Nuriya Xalimovna - Koson tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining musiqa fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Rasulova Sayyora Xolbekovna - Arnasoy tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Jizzax viloyati

Raximov Abduxoshim Abdukarimovich - O`zbekiston tumanidagi 65-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining fizika fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

Rahmatullaeva Mohira Turdalievna - Oqqo`rg`on qurilish va kommunal xo`jaligi kasb-hunar kollejining maxsus fan o`qituvchisi, Toshkent viloyati

Rozimova Gulxumar Xadjievna - Beruniy tumanidagi 50-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Qoraqalpog`iston Respublikasi

Samanova Ra`no Daniyorovna - Yangiqo`rg`on tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining tasviriy san`at va chizmachilik fanlari o`qituvchisi, Namangan viloyati

Sattarova Adinaxon Mamadalievna - Bo`z tumanidagi 15-umumiy o`rta ta`lim maktabining geografiya fani o`qituvchisi, Andijon viloyati

Siddiqova Sadoqat G`afforovna - Buxoro neft va gaz sanoati kasb-hunar kollejining maxsus fan o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Talipova Farida Tishabaevna - Toshkent shahridagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun 2-internat uyi enagasi

Turdibekova Zamira Xametovna - Bekobod shahridagi 5-maktabgacha ta`lim muassasasi mudiri, Toshkent viloyati

Turdieva Zilola Abdullaevna - Oltinsoy tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang`ich sinf o`qituvchisi, Surxondaryo viloyati

Tursunkulova Moxira Qudratovna - Mirzaobod tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining kimyo fani o`qituvchisi, Sirdaryo viloyati

Urinova Roba Solijanovna - Namangan shahridagi 60-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Namangan viloyati

Usmonov Shuhrat Ziyodillaevich - Navbahor tumanidagi 15-umumiy o`rta ta`lim maktabining mehnat ta`limi fani o`qituvchisi, Navoiy viloyati

Xayitov Zafar Uzakovich - Navoiy davlat pedagogika institutining milliy g`oya, ma`naviyat asoslari va huquq ta`limi kafedrasi mudiri, Navoiy viloyati

Xamrakulov Rustam Shamshievich - Chilonzor tumanidagi «Barkamol avlod» bolalar markazi to`garak rahbari, Toshkent shahri

Xodjaeva Dilafro`z Izatilloevna - Buxoro davlat universitetining ingliz tili va adabiyoti kafedrasi katta o`qituvchisi, Buxoro viloyati

Hazratqulova Muborak Rajabovna - Kasbi tumanidagi 1-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Qashqadaryo viloyati

Shadiev Rizamat Davranovich - Qarshi davlat universitetining maktabgacha va boshlang`ich ta`lim metodikasi kafedrasi mudiri, Qashqadaryo viloyati

Sherov Abdurazoq Abdufatoevich - So`x tumanidagi 26-umumiy o`rta ta`lim maktabining matematika fani o`qituvchisi, Farg`ona viloyati

Shodieva Dilfuza Ibragimovna - Bektemir tumanidagi 293-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Toshkent shahri

Egamberdiev Atabek Ro`zimovich - Hazorasp tumanidagi 1-ixtisoslashtirilgan umumiy o`rta ta`lim maktab-internatining fizika fani o`qituvchisi, Xorazm viloyati

Ergasheva Dilfuza Tojiboevna - Farg`ona shahridagi «Muruvvat» nogiron bolalar uchun internat uyi enagasi, Farg`ona viloyati

Yuldasheva Shoxida Baxtiyarovna - Toshkent tumanidagi 18-umumiy o`rta ta`lim maktabining ingliz tili fani o`qituvchisi, Toshkent viloyati

Yusupov Abdumutalib - Andijon qurilish va transport kasb-hunar kollejining maxsus fan o`qituvchisi, Andijon viloyati

Yusupova Viktoriya Viktorovna - Xiva shahridagi «Bolalar shaharchasi» tarbiyachisi, Xorazm viloyati

Yusupova Shahlo Sharifovna - Qiziltepa tumanidagi 13-umumiy o`rta ta`lim maktabining fizika fani o`qituvchisi, Navoiy viloyati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1