AsosiySport

Kim chempion bo`ladi?

Boku shahrida bo`lib o`tayotgan FIDE Gran-prisida to`qqizinchi turdan keyin turnirdagi vaziyat ancha chigallashdi. Kim g`olib chiqishini oldindan aytish mushkul ishga aylandi. Birinchi o`rinda birdaniga olti nafar shaxmatchi turibdi.

Bular - B.Gelfand, F.Karuana, S.Karyakin, X.Nakamura, T.Radjabov va P.Svidlerlardir. Ularning har birida 5 ochko mavjud. Hamyurtimiz Rustam Qosimjonov esa 9-turdagi mag`lubiyatiga qaramasdan ulardan yarim ochko ortda bormoqda.

Musobaqa yakunigacha ikki tur qoldi, ammo g`olib nomi haliyam noaniq qolmoqda. Bu ketishda bo`lsa, birinchi o`rinni bir necha shaxmatchi qo`lga kiritishi mumkin.

Hindistonda davom etayotgan 20 yoshgacha bo`lgan yoshlar o`rtasidagi jahon chempionatida oxirgi partiyadan keyin hamyurtlarimiz vaziyatni ancha yaxshilab olishdi. Shamsuddin Vohidov ilk mag`lubiyatdan keyin ketma-ket uch partiyani yutib oldi, ammo afsuski, u ettinchi turda yana mag`lubiyat alamini totdi. Ayni paytda uning hisobida 3.5 ochko bor. Sarvinoz Qurbonboevaga esa oxirgi ikki turda ikkita g`alabaga erishdi.

Shunday bo`lsa ham yoshlarimizda vaziyatni o`nglash uchun imkoniyat bor, chunki hali oldinda yana beshta tur bor.

    Boshqa yangiliklar