1

«Bunyodkor» stadioni yana futbolga qaytdi

Sport 13.10.2014, 17:49
«Bunyodkor» stadioni yana futbolga qaytdi

Xabaringiz bor, Toshkentning "Bunyodkor" klubi uy uchrashuvlarini o`tkazishi ko`zda tutilgan "Bunyodkor" stadionida anchadan buyon uchrashuvlar o`tkazilmayotgan edi. Bunga sabab sifatida maysa sifati yomonligi ko`rsatilgan edi.
O`zbekiston Professional Futbol Ligasi rasmiy sayti tomonidan xabar qilinishicha, "Bunyodkor" stadionida yana O`zbekiston chempionati o`yinlari o`tkaziladi.
"Qayd etish joiz, «Bunyodkor» jamoasi «So`g`diyona»ga qarshi uchrashuvni, uzoq tanaffusdan so`ng yana o`zining yangi stadionida o`tkazadi", - deyiladi PFL rasmiy sayti tomonidan keltirilgan xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1