1

Shavkat Mirziyoev Hindistonga jo`nab ketdi

Siyosat 30.09.2018, 14:51
Shavkat Mirziyoev Hindistonga jo`nab ketdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo`nab ketdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Avval xabar qilinganidek, Prezident Ram Nath Kovind, Bosh vazir Narendra Modi va Hindistonning boshqa rahbarlari bilan uchrashuv va muzokaralarda davlatlararo hamkorlikni yanada kengaytirishning aniq yo`llarini ko`rib chiqish, mintaqaviy va xalqaro siyosatning muhim masalalari yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Prezidentimiz Nyu-Deli shahrida savdo-iqtisodiy va investisiya sohalaridagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirishning amaliy jihatlarini, jumladan, O`zbekiston – Hindiston ishbilarmonlar kengashini ta`sis etish taklifini muhokama qilish uchun Hindistonning etakchi kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashuv o`tkazadi.

Shuningdek, O`zbekiston delegasiyasi tashrif doirasida Hindistonning qadimgi poytaxti, jahonga mashhur me`moriy obida – muhtasham Toj Mahal joylashgan Agra shahriga tashrif buyuradi.

Tashrif yakunida O`zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vazirining qo`shma bayonoti qabul qilinishi, O`zbekiston – Hindiston munosabatlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarish uchun huquqiy asoslarni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan salmoqli hukumatlararo va idoralararo kelishuvlar, mamlakatlarimiz hududlari va muassasalari o`rtasida hujjatlar imzolanishi ko`zda tutilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1