AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Hindistonga etib keldi

'Shavkat Mirziyoev Hindistonga etib keldi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovindning taklifiga binoan 30 sentyabr kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlatimiz rahbari dastlab Agra shahriga tashrif buyurdi. O`zbekiston delegasiyasi aeroportda tantanali kutib olindi.

Prezidentimiz bu erda jahonga mashhur Toj mahal obidasini borib ko`radi.

Davlat tashrifi doirasidagi asosiy tadbirlar ertaga Nyu-Dehli shahrida bo`lib o`tadi.

    Boshqa yangiliklar