AsosiyJamiyat

O`zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik yoshlarni o`zbek tilini hurmat qilishga chorladi

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti (TSMRI)da 10 oktyabr kuni O`zbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik bilan institut talabalari va xodimlari ishtirokida uchrashuv bo`lib o`tdi.

Suhbat davomida adib o`zining o`gitlari, hayotiy tajribalari va o`y-kechinmalari bilan o`rtoqlashdi. Ayniqsa, Tohir Malik yoshlarning ilm olishi va ular O`zbekistonning asosiy tayanchi ekanligini alohida ta`kidlab o`tdi.

«Bu davlat poydevori ro`yo ustiga qurilmagan. Bizning buyuk tariximiz, ulug` bobokalonlarimiz bor va bizning tomirimizda shunday buyuk zotlar qoni oqmoqda», – deya Tohir Malik yoshlarni ajdodlarga munosib avlod bo`lishga chorladi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar