1

Allamjonov Prezidentning Hindistonga tashrifiga doir asosiy tadbirlar bilan tanishtirdi

Siyosat 01.10.2018, 09:09
Allamjonov Prezidentning Hindistonga tashrifiga doir asosiy tadbirlar bilan tanishtirdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi Komil Allamjonov Prezident Shavkat Mirziyoevning Hindistonga davlat tashrifi bo`yicha ommaviy axborot vositalari uchun brifing o`tkazdi.

Prezident matbuot kotibining xabar berishicha, Shavkat Mirziyoevning Hindistonga davlat tashrifining asosiy tadbirlari 1 oktyabrga mo`ljallangan.

Shavkat Mirziyoev va rafiqasini tantanali kutib olish marosimi Hindiston Prezidentining "Rashtrapati Bxavan" saroyida bo`lib o`tadi.

O`zbekiston prezidenti shu erda mamlakatimiz va Hindiston ommaviy axborot vositalari uchun qisqa bayonot berishi ham ko`zda tutilgan.

Haydarobod saroyida Prezident Shavkat Mirziyoevning Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi hamda hukumat a`zolari bilan tor va keng doiradagi muzokaralari bo`lib o`tadi. Ular yakunida O`zbekiston Prezidenti va Hindiston Bosh vazirining qo`shma bayonotini qabul qilish rejalashtirilgan.

O`ziga ajratilgan qarorgohda Shavkat Mirziyoev Hindiston Respublikasi vise-prezidenti, Senati raisi Venkayax Nayda hamda tashqi ishlar vaziri Sushma Svaraj bilan uchrashuvlar o`tkazadi, tomonlarni qiziqtirgan dolzarb masalalar muhokama qilinadi.

O`zbekiston va Hindiston prezidentlari uchrashuvida ikki tomonlama sheriklikning dolzarb yo`nalishlari yuzasidan fikr almashiladi. Shavkat Mirziyoev sharafiga tantanali qabul tashkil etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1