1

Shavkat Mirziyoev «Rashtrapati Bxavan» saroyida tantanali kutib olindi (foto)

Siyosat 01.10.2018, 10:10
Shavkat Mirziyoev «Rashtrapati Bxavan» saroyida tantanali kutib olindi (foto)

Hindiston Prezidentining «Rashtrapati Bxavan» saroyida 1 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbarini Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Nath Kovind va Bosh vazir Narendra Modi kutib oldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Prezidentimiz shohsupaga ko`tarildi. Ikki mamlakat davlat madhiyalari yangradi.

Shavkat Mirziyoev shu erda ommaviy axborot vositalari vakillari uchun qisqacha bayonot berdi.

Davlatimiz rahbari Hindiston Prezidenti va Bosh vaziriga taklif uchun minnatdorlik bildirib, xalqlarimizni tarixiy rishtalar, o`xshash an`analar bog`lab turishini ta`kidladi.

"Hindiston bugungi kunda jadal rivojlanib, jahon iqtisodiyotidagi o`rnini mustahkamlab borayotgan global davlat. Biz oliy darajadagi uchrashuvlarimiz natijasida faollashib borayotgan O`zbekiston va Hindiston munosabatlarining bugungi sur`atini yuqori baholaymiz. Ishonchim komilki, ushbu tashrifim va samarali muzokaralarimiz strategik sherikligimizni yangi bosqichga olib chiqadi", - dedi Prezidentimiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1