Avstraliyaning Melburn shahrida engil motorli samolet aholi yashash uylari ustiga qulab tushdi. The Australian xabariga ko`ra, falokat natijasida bir kishi halok bo`lgan, jabr ko`rganlar haqida ma`lumot yo`q.
Voqea 14 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan taxminan 13:30larda sodir bo`lgan. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, samolet havoda yonib ketgan va keyinchalik qulagan.
Huquqni muhofaza qilish organlari ma`lumotiga qaralganda halokat samolet dvigatelining nosozligi sababli ro`y bergan.





