O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti Umid Ahmadjonovga «Jismoniy tarbiya va sport a`lochisi» ko`krak nishonini topshirdi. Ushbu nishon O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 3 maydagi qaroriga asosan ta`sis etilgan.
«Biz o`z yo`nalishimizda hamjihatlik bilan ish olib borib, ko`plab muvaffaqiyatlarga erishamiz. Oldinda bizni katta chaqiriqlar va islohotlar kutib turibdi. Jamiyatda Jismoniy tarbiya va sportning ahamiyatini kuchaytirish, aholining turli qatlamlari orasida sog`lom turmush tarzini targ`ib etishda davom etish, buning uchun zarur bo`lgan sharoitlar yaratish, mashhur sportchilar safini kengaytirish va yangi nomlarni kashf etish, shular jumlasidandir», - dedi Umid Ahmadjonov.







