AsosiySiyosat

Yunusobod tumaniga yangi hokim tayinlandi

'Yunusobod tumaniga yangi hokim tayinlandi'ning rasmi

2018 yilning 3 oktyabr kuni xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi. Unda tashkiliy masala ko`rildi.

2018 yilning aprel oyidan O`zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbarining birinchi o`rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Usmonov Rahmonbek Jahongirovich Yunusobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.

Ma`lumot uchun: Usmonov Rahmonbek Jahongirovich 1960 yil Toshkent shahrida tug`ilgan. Millati o`zbek. Ma`lumoti oliy. 1982 yil Toshkent avtomobil yo`llari institutini tamomlagan.

“Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

1977-1982-yillar — Toshkent avtomobil yo`llari instituti talabasi.

1982-1990-yillar — 1-Avtokorxona uchastka ustasi, avtokolonna boshlig`i, katta muhandisi, tasarruf bo`yicha direktor o`rinbosari.

1990-1993-yillar — “O`zagroqurilish” birlashmasiga qarashli “Agroqurilishmexservis” ishlab chiqarish informasiya boshqarmasi boshlig`i, qurilishmexservis direktori, bosh direktor o`rinbosari.

1993-1996-yillar — 1-Avtokorxona direktori.

1996-1996-yillar — “Toshshaharyo`lovchiavtotrans” birlashmasi boshlig`i.

1996-2001-yillar — “Toshshaharyo`lovchitrans” davlat uyushmasi boshqaruvi raisining o`rinbosari.

2001-2003-yillar — Mirzo Ulug`bek tumani hokimining birinchi o`rinbosari.

2003-2005-yillar — Yakkasaroy tumani hokimi.

2005-2011-yillar — Toshkent shahar hokimining kapital qurilish, kommunal xo`jaligi, obodonlashtirish, sanoat va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari.

2011-2012-yillar — Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchisi.

2012-2018-yillar — Toshkent shahar hokimi.

2018 yil aprel oyidan shu kunga qadar O`zbekiston avtomobil transporti agentligi rahbarining birinchi o`rinbosari.

Usmonov Rahmonbek Jahongirovich 2018 yilning 3 oktyabridan boshlab Yunusobod tumani hokimi vazifasiga tayinlandi.

    Boshqa yangiliklar