AsosiyJamiyat

Qanday qilib 1 kun ichida Toshkentda vaqtinchalik ro`yxatdan o`tish mumkin?

'Qanday qilib 1 kun ichida Toshkentda vaqtinchalik ro`yxatdan o`tish mumkin?'ning rasmi

O`zbekiston viloyatlarida yashayotgan va ro`yxatdan o`tgan fuqarolarining ko`p qismi hayotida hech bo`lmaganda bir marta Toshkent shahrida vaqtincha ro`yxatdan o`tish muammosiga duch kelgani shubhasiz. Bugun biz Toshkent shahrida vaqtinchalik ro`yxatdan o`tishning asosiy shartlarini hamda keyinchalik onlayn platformaga o`tkazish orqali mazkur davlat xizmatini optimallashtirish natijalarini ko`rib chiqamiz. Shuningdek, Toshkent shahrida vaqtinchalik ro`yxatdan o`tmoqchi bo`lgan fuqarolarga yordam berishga urinib ko`ramiz.

Ko`pchilikda ish, o`qish yoki ishga aloqador safarlar munosabati bilan muayyan vaqt oralig`ida boshqa bir shaharda yashash ehtiyoji tug`iladi. Toshkent shahriga vaqtincha keluvchi fuqaroning shaharda bo`lish muddati 5 kundan oshmasa, ro`yxatdan o`tish talab qilinmaydi. Agar ushbu muddat 5 kundan ortiq bo`lishi mo`ljallangan bo`lsa, 5 kun oralig`ida vaqtincha ro`yxatdan o`tish uchun mahalliy ichki ishlar bo`limiga ariza berilishi lozim. Ushbu tartib Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 16 fevraldagi “Toshkent shahri va Toshkent viloyati hududlarida vaqtinchalik va doimiy ro`yxatdan o`tish hakida”gi 41-son qarorida bayon qilingan.

Ichki ishlar vazirligining statistik ma`lumotlariga ko`ra Toshkent shahrida bir yil davomida o`rtacha 500 000 nafar fuqaro vaqtinchalik ro`yxatdan o`tadi.

Ta`kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 11 iyuldagi “Ichki ishlar organlarining migrasiya jarayonlari va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3126 sonli qaroriga ko`ra, 2018 yil 1 aprelda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) “Toshkent va Toshkent viloyatlarida ro`yxatdan o`tish” xizmati test tariqasida ishga tushirildi.

Toshkent shahrida vaqtinchalik ro`yxatdan o`tishning an`anaviy usuli

Vaqtinchalik ro`yxatdan o`tish uchun Toshkent shahrining muayyan tumani Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limiga ariza berish lozim.

Zarur hujjatlar:

IIV tomonidan tasdiqlangan shaklda ariza;

pasport;

shartnoma asosida harbiy sohada xizmat qiluvchi shaxslar uchun shaxsni tasdiqlovchi guvohnoma yoki Qurolli kuchlar ofiserining shaxsni tasdiqlovchi guvohnomasi (kazarma yoki kemalarda yashamaydigan harbiy xizmatchilar uchun);

16 yoshga to`lmaganlar uchun – tug`ilganlik to`g`risidagi guvohnoma va 35x45 mm o`lchamdagi 2 ta rasm;

uy egasining yashash joyi bilan ta`minlashi haqidagi arizasi (roziligi);

uy hujjatlarining nusxasi;

davlat bojini to`laganlik haqidagi kvitansiya (Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 3 noyabrdagi 533-sonli qaroriga muvofiq). Davlat boji - minimal ish haqining 2 % ga teng;

uy yoki uning bir qismining ijarasi yoki uydan bepul foydalanish haqidagi notarial tasdiqlangan shartnoma nusxasi.

Agar ariza bergan fuqaro uy egasining yaqin qarindoshi bo`lsa, uy yoki uning bir qismining ijarasi yoki uydan bepul foydalanish haqidagi notarial tasdiqlangan shartnoma nusxasi talab etilmaydi.

Ushbu holda vaqtinchalik ro`yxatdan o`tish uchun uy egasiga qarindoshlik darajasini tasdiqlaydigan hujjatlar taqdim etiladi.

Bosqichlari

1. Arizachi vaqtinchalik yashash joyidagi Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`limiga (MvFRB ) barcha zarur hujjatlarni taqdim etadi;

2. MvFRB inspektori arizani qayd etadi, taqdim etilgan hujjatlarni belgilangan tartibda o`rganadi va rasmiylashtiradi, shu kunning o`zidayoq Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ro`yxatdan o`tganlik to`g`risidagi ma`lumotnomani beradi.

Agar Toshkent shahriga kelgan kishida biron sababga ko`ra ruxsat berilgan muddatdan uzoqroq muddatga qolish zarurati tug`ilsa, MvFRB bo`limiga quyidagi tartibda qayta ariza berishi lozim.

Ikkinchi va undan keyingi hisobga turish:

1-bosqich. Fuqaro kerakli hujjatlarni hisobga olish muddati tugashidan 15 kun oldin MvFRBga berishi lozim.

2-bosqich. Arizani qayd etib, taqdim etilgan hujjatlarni o`rganib va rasmilashtirganidan so`ng MvFRB 15 kun ichida ruhsat berish yoki rad qilish haqida qaror chiqaradi.

3-bosqich. Ijobiy xulosa olinganidan keyin MvFRB ro`yxatdan o`tganlik haqida ma`lumotnomani takroran beradi, rad etilgan holda esa arizachiga IIB tomonidan o`rnatilgan muddatda Toshkent yoki Toshkent viloyatidan chiqib ketish majburiyati haqida ogohlantiriladi.

Avval ta`kidlanganidek, ushbu xizmat my.gov.uz portalining “Fuqarolik” bo`limida test rejimida ishga tushirilgan.

Toshkentda ro`yhatdan o`tish uchun elektron tarzda ariza berish

Hozirgi paytda “Toshkentda va Toshkent viloyatida tashrif joyida ro`yxatdan o`tish” xizmati optimallashtirilgan holda YaIDXPda test rejimida ishlayapti. Shuning uchun, arizachi (ijara hakidagi shartnomasi bo`lmasa) quyidagicha holatlarda an`naviy tarzda xizmatdan foydalanadi:

arizachi uy egasining yoki ushbu uyda doimiy ro`yxatda bo`lgan yashovchining yaqin qarindoshi bo`lsa;

Toshkentga yoki Toshkent viloyatiga ishga aloqador safarlar, o`qish, ta`til, malaka oshirish, davolanish munosabati bilan tashrif buyurgan bo`lsa.

Ushbu xizmatdan elektron tarzda foydalanish uchun OneID tizimida ro`yxatdan o`tish lozim. Shunlan keyin YaIDXPda avtorizasiya qilinadi va “Fuqarolik” bo`limida joylashgan xizmatdan foydalaniladi.

Onlayn tarzida xizmatdan foydalanish uchun elektron shaklni to`ldirish va quyida keltirilgan ma`lumotlarni kiritishi lozim bo`ladi.

Onlayn tarzda xizmatdan foydalanish bosqichlari:

1-bosqich. Uy egasi YaIDXPdan foydalunuvchilar safiga ko`shilishi va YaIDXPdan foydalanganda amal qilinadigan tartib-qoida bilan tanishib, unga amal qilish majburiyatini zimmasiga oladi va xizmatdan foydalanishga o`tadi.

2-bosqich. Uy egasi o`zini “men uy egasiman” deb belgilaydi.

3-bosqich. Tizim avtomatik tarzda shaxsiy ma`lumotlarni to`ldiradi. Arizachi uni “Kadastr raqami”, “Jismoniy shaxsning shaxsiy raqami (JShShR)”, “Vaqtinchalik ro`yxatda turish muddati” ma`lumotlari bilan to`ldirilishi zarur.

4-bosqich. Arizachining 16 yoshga to`lmagan farzandlari bo`lsa, ularni ham vaqtincha ro`yxatdan o`tkazish zarurati tug`ilsa, bolalar haqida quyidagi ma`lumotlar kiritiladi:

familiya, ism, otasining ismi;

tug`ilgan yili;

tug`ilgan joyi;

qarindoshlik darajasi.

5-bosqich. Uy egasiga maxsus kod beriladi (invoys). Ushbu kodni u vaqtinchalik ro`yxatdan o`tuvchiga berishi lozim, chunki shu bosqichdan keyin arizani to`ldirish uy egasidan ro`yxatdan o`tgan shaxsga o`tadi.

6-bosqich. Invoysni uy egasidan olgandan keyin vaqtinchalik ro`yxatdan o`tgan shaxs YaIDXPda avtorizasiyadan o`tadi va xizmatga kiradi. Birinchi bo`lib, ro`yxatdan o`tgan shaxs uy egasi kabi YaIDXPdan foydalanish qoidasi bilan tanishib chiqish shartlarini qabul qiladi.

7-bosqich. Fuqaro o`zini “men uy egasimasman” deb belgilaydi.

8-bosqich. Keyingi bosqichda, ro`yxatdan o`tuvchi uy egasidan olingan invoysni kiritib, rasmdagi kodni kiritib, autentifikasiyadan o`tishi lozim.

9-bosqich. Invoysni kiritgandan so`ng tizim ro`yxatdan o`tadigan shaxs arizasining maxsus shaklini yaratadi, bu jarayonda tizim avtomatlashgan holda barcha zaruriy ma`lumotlarni Ichki ishlar vazirligining idoraviy ma`lumotlar bazalaridan oladi.

10-bosqich. Ro`yxatdan o`tadigan shaxs ro`yxatdan o`tish maqsadi, sanasi, ish faoliyati va doimiy turar joyini ko`rsatishi lozim. Kelishuv shartlarini tasdiqlashi zarur.

11-bosqich. Ariza to`liq to`ldirilgandan keyin ko`rib chiqish va qaror qabul qilish uchun “Pasport viza” tizimiga yunaltiriladi.

12-bosqich. Ijobiy hulosa chiqarilgan holatlarda MvFRB tomonidan, uy egasining va ro`yxatdan o`tuvchi shaxsning shaxsiy kabinetiga, muvaffaqiyatli ro`yxatdan o`tganligini tasdiqlovchi elektron hujjat yuboriladi.

Ro`yxatdan o`tganlik to`g`risidagi hujjatning elektron nusxasi, asl nusxaga tenglashtiriladi va huquqiy hujjat hisoblanadi. Hujjatning haqiqiyligini pastki qismida joylashgan QR-kod orqali aniqlash mumkin.

Davlat xizmatini optimallashtirish natijalari

Xizmat quyidagi bandlar bo`yicha optimallashtiriladi:

ko`p sonli hujjatlarni yig`ish va uy egasi bilan birgalikda MvFRBga borish talab etilmaydi;

ortiqcha harajat va sarsongarchiliklar uchun zarurat qolmaydi;

ro`yxatdan o`tish esa 5 ish kunidan 1 ish kuniga qisqartiradi.

Ko`rsatkich

An`anaviy shakli

Elektron shakli

Kerakli hujjatlar soni

7

0

O`zaro hamkorlik qilinadigan Davlat organlari soni

2

0

Xizmatning oxirgi natijasi

Vaqtinchalik ro`yxatdan o`tganlikni tasdiqlovchi hujjat

Xujjatning elektron shakli

Ro`yxatdan o`tish hujjatining berilish muddati

5 kun

1 kun

Hozirgi paytda ushbu xizmat test rejimida ishlamoqda va undan foydalanishda engillik yaratish uchun takomillashtirish bosqichida turibdi. Shu munosabat bilan xizmatni taqdim etishda foydalaniladigan ma`lumotlar bazasi, xususan, Er resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo`mitasi, Adliya vazirligi (AIS «Notarius») va Ichki ishlar organlarning idoralararo axborot tizimlarining ma`lumotlar bazalari inventarizasiya qilinmoqda va to`ldirilmoqda. Tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini taokmillashtirish bo`yicha ishlar tugatilganidan keyin va mazkur davlat xizmatining barcha mavjud kamchiliklari aniqlanib, tuzatilganidan so`ng u butun mamlakat bo`ylab to`liq ishga tushiriladi.

Ichki ishlar organlarning xizmatlarini Axborotlashtirishning navbatdagi bosqichi

Yuqorida bayon qilingan ma`lumotlardan ko`rinib turibdiki, Ichki ishlar organlarida vaqtinchalik ro`yxatdan o`tkazish xizmati an`anaviy usuldan elektron ko`rinishga jadal qadamlar bilan o`tkazilmoqda.

Dokazatelstvom etogo mojet slujit takje to, chto vmeste s ranee opisannoy uslugoy na EPIGU bli uspeshno zapushen takie uslugi, kak gde V mojete poluchit adresnuyu informasiyu (tolko dlya sebya) ili spravku o nalichii sudimosti po territorii vsego Uzbekistana. Uslugoy «Predostavlenie adresno-spravochnoy informasii» s momenta zapuska vospolzovalis uje svshe 3500 polzovateley, a uslugoy «Poluchenie spravok o nalichii sudimosti» okolo 2000 polzovateley.

Yuqorida ta`riflangan YaIDXPda ishga tushirilgan xizmatdan tashqari turar joy haqidagi ma`lumotlarni olish hamda kishining sudlangan yoki sudlanmaganligi to`g`risida ma`lumot olish kabilarning elektron shaklga o`tkazilganligini tasdiqlab turibdi. Turar joy haqida ma`lumot olish xizmati ishga tushirilgandan so`ng undan 3500 dan ziyod kishi foydalangan, sudlangan yoki sudlanmaganlik haqidagi ma`lumotlar xizmatidan esa 2000 nafar fuqaro foydalangan.

Ichki ishlar organlari xizmatlari sifatini oshirish uchun yana ko`plab sohalarga YaIDXPda va davlat xizmatlari markazlarida elektron xizmatlarni joriy qilish rejalashtirilmoqda.

Hulosa qilib aytganda, Ichki ishlar organlarining texnologik rivojlanishi, ular faoliyatining raqamlashtirilishi huquqiy tartibni salash, xavfsizlikni ta`minlash hamda fuqarolarning huquqlarini jinoiy tajovuzlardan himoya qilish bshyicha ishlarning samaradorligini oshiradi.

    Boshqa yangiliklar