1

Zamonamiz qahramoni tasvirlangan yangi asarlar taqdim qilindi

Madaniyat 06.10.2018, 12:31
Zamonamiz qahramoni tasvirlangan yangi asarlar taqdim qilindi

2018 yil 5 oktyabr kuni O`zbekiston Matbuot va axborot agentligi tomonidan to`rtta yangi kitob taqdimoti va asarlar mualliflari bilan ijodiy uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur kitoblar “Taraqqiyot strategiyasi va zamonamiz qahramoni” ijtimoiy loyihasi doirasida G`afur G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan nashr etilgan.

Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston milliy kutubxonasida o`tkazilgan taqdimot va ijodiy uchrashuvda yozuvchilar Qo`chqor Norqobilning “Bu erlarda hayot boshqacha”, Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan”, Luqmon Bo`rixonning “Titrayotgan tog`”, Abduqayum Yo`ldoshevning “Osmon og`ushi” nomli asarlari keng jamoatchilikka namoyish etildi.

“Taqdimotda so`zga chiqqan O`zMAA bosh direktorining birinchi o`rinbosari S.Shukurov bugungi kunda yurtimizda aholi, ayniqsa, yoshlar o`rtasida kitob, kitobxonlik hamda mutoalaa madaniyatini yanada yuksaltirish borasida olib borilayotgan ishlar, ularning samarasi haqida so`z yuritdi”, deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, Abduqayum Yo`ldoshevning “Osmon og`ushi” asarida Jizzax dashti biyobonlarida orzularga berilgan, osmonlarga termulgan bolakayning yuksak qalbi qalamga olinadi.

Isajon Sultonning “Hazrati Xizr izidan” nomli kitobida kishilarning afsonaviy zot haqidagi tushunchalaridan, Xizr kimligini o`z holicha anglab etgan bir inson taqdiridan hikoya qiladi.

Luqmon Bo`rixonning “Titrayotgan tog`” asarida yigirma birinchi asrning birinchi o`n yilligidagi mo``jizasi “Toshkent - Qumqo`rg`on” temir yo`l qurilishi qalamga olingan.

Qo`chqor Norqobilning “Bu erlarda hayot boshqacha” kitobi harbiy vatanparvarlik mavzuida bo`lib, chegaralarimiz daxlsizligini ta`minlayotgan chegarachilar hayotiga bag`ishlangan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1