Bugun, 7 oktyabr kuni Namanganda «Navbahor» klubi tizimida bir qator o`zgarishlar ro`y berdi.
Jumladan, o`zgarishlarga bag`ishlab o`tkazilayotgan tadbirda jamoaning yangi PR-direktori ommaga tanishtirildi. Unga ko`ra, «Navbahor»da endilikda ushbu lavozimda aktyor hamda futbol sharhlovchisi Alisher Uzoqov faoliyat olib boradi. U jamoaning ommaga yanada yaxshiroq tanilishi borasida ish olib boradi.






