1

Yulduz Turdieva Fransiyada katta konsert dasturini taqdim etdi

Madaniyat 08.10.2018, 13:52
Yulduz Turdieva Fransiyada katta konsert dasturini taqdim etdi

Milliy maqom san`atimiz tili va millatidan qat`iy nazar, jahon xalqlarini doimo o`ziga maftun etib kelgan. Uning sehrli kuchi, betakrorligi xorijliklarning ham sel bo`lib tinglashida yaqqol namoyon bo`ladi.

Yaqinda Fransiyada katta konsert dasturini namoyish etib qaytgan O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Yulduz Turdieva o`z taassurotlari bilan o`rtoqlashar ekan, bu haqda quyidagi fikrlarni bildirdi, deb yozmoqda "Xalq so`zi" nashri.

— Milliy musiqa va maqomlarimiz zamirida insonni ezgulikka chorlaydigan, uning qalbidagi eng nozik, eng go`zal tuyg`ularni uyg`otadigan buyuk ilohiy kuch bor. Shuning uchun ularni o`zbek tilini tushunmagan inson ham jon qulog`i bilan eshitadi, olqishlaydi, ardoqlaydi.

Fransiyada xuddi mana shu holatga guvoh bo`ldik. Parijda san`at ixlosmandlari bizni juda iliq kutib oldi. Ko`hna shahardagi muhtasham “De la Vill” teatrida o`tkazgan konsertimiz milliy merosimiz ixlosmandlarining jo`shqin qo`llab-quvvatlovi, ashula va raqslar jilosining qalblarga ko`chgani bilan o`ziga xoslik kasb etdi. Dugoh maqomidan, Buxoro mavrigilaridan, xalq laparlaridan kuyladik, dutor, tanbur, g`ijjak, doira sadolari yangradi. Konsertimiz tugagach, sahnadan chiqib ketar ekanmiz, “tasanno”, “ofarin” degan so`zlar tinmadi...

Shu o`rinda “ko`hna qit`a”da katta konsert dasturini tashkil etishda yaqindan yordam bergan musiqashunos olima Soudabex Kia xonimga katta minnatdorlik bildiramiz.Shu o`rinda biz, xonandalarning har bir yutug`i mamlakatimizda san`at ahliga ko`rsatilayotgan g`amxo`rlik, yaratib berilayotgan qulay sharoitlar mevasi, deb bilaman. Ayniqsa, milliy maqom rivojiga Prezidentimiz alohida e`tibor ko`rsatayotgani, yurtimizda xalqaro san`at anjumanlari o`tkazilayotgani musiqiy durdonalarimiz dovrug`ining olamga keng yoyilishiga xizmat qilyapti.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1