O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan 8 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Parij shahriga keldi. Bu haqda O`zA xabar qiladi.
Ikki davlat bayroqlari bilan bezatilgan «Orli» xalqaro aeroportida davlat rahbarini Fransiyaning rasmiy shaxslari kutib oldi.
Bugun davlat rahbari BMTning Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti Bosh direktori Odri Azule bilan uchrashadi. Unda O`zbekiston va UNESCO o`rtasidagi sheriklikni kengaytirish istiqbollari muhokama etiladi hamda 2018—2021 yillarga mo`ljallangan qo`shma Harakatlar rejasi qabul qilinishi kutilmoqda.
Shuningdek, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Fransiya Senati raisi bilan va Fransiyaning etakchi kompaniyalari rahbarlari bilan ham uchrashishi ko`zda tutilgan.






