2014 yilning 14 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida yurtimizga tashrif buyurgan Chernogoriya Respublikasi Prezidentining iqtisodiy masalalar bo`yicha maslahatchisi Rujiya Tuzovich boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda TIV rasmiy sayti orqali xabar berilmoqda.
Suhbat chog`ida siyosiy, tijoriy-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa jabhalardagi O`zbekiston-Chernogoriya munosabatlari istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar ikki davlat o`rtasidagi tovar aylanmasini oshirish uchun sezilarli salohiyatga ega ekanliklarini ta`kidlab o`tdilar. O`zbekiston va Chernogoriya ishbilarmon doiralari o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aloqalarni o`rnatish, qo`shma sarmoyaviy loyihalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish muhimlgini ta`kidlandi.
Fan, ta`lim, sog`liqni-saqlash sohalarida ilmiy-tadqiqod markazlari va o`quv yurtlari orasida aloqalar o`rnatish yo`li bilan amaliy hamkorlik qilish, sayyohlik yo`nalishlarida tajriba almashish har ikki davlat manfaatlariga javob berishi qayd etildi.
Uchrashuvda turli darajadagi bo`lajak ikki tomonlama uchrashuvlar bo`yicha taklifalar ham ko`rib chiqildi.





