AsosiySiyosat

Prezident akademiyasining Samarqanddagi filialida o`qish boshlandi

'Prezident akademiyasining Samarqanddagi filialida o`qish boshlandi'ning rasmi

Samarqand davlat universitetida 8 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasining hududiy filiali ish boshladi, deb xabar bermoqda O`zA.

– Bu erda Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari shahar va tuman hokimlarining o`rinbosarlari, davlat boshqaruvi organlarining hududiy bo`linmalari rahbarlari malaka oshiradi, – deydi filialda o`qish boshlanishi munosabati bilan o`tkazilgan tadbirda ishtirok etgan akademiya prorektori X.Azizov. – O`quv kursida 72 soatlik dastur asosida rahbarlik faoliyatiga oid mavzularda dars mashg`ulotlari o`tiladi.

Mashg`ulotlar zamonaviy axborot-kommunikasiya va innovasion ta`lim texnologiyalarini qo`llagan holda vebinar, suhbat, trening va mustaqil ta`lim shakllarida olib boriladi. Kursni muvaffaqiyatli o`tagan tinglovchilarga sertifikat beriladi.

Hududiy filialning dastlabki 30 nafar tinglovchisi shu kuni o`qishni boshladi.

    Boshqa yangiliklar