1

Noyabr oyida “PROlogue” xalqaro kinofestivali bo`lib o`tadi

Madaniyat 11.10.2018, 09:53
Noyabr oyida “PROlogue” xalqaro kinofestivali bo`lib o`tadi

27-30 noyabr kunlari Toshkent shahrida “PROlogue” xalqaro kinofestivali bo`lib o`tadi.

Ilk bor Xalqaro maqomda o`tkazilayotgan mazkur nufuzli tadbir O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan “O`zbekkino” Milliy agentligi, Toshkent shahar hokimligi, Kinematografiyani rivojlantirish markazi, Yosh kinoijodkorlar kengashi, O`zbekiston milliy kinokomissiyasi kabi bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etiladi.

Festival tanlov dasturi:

– To`liq metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi;

– Qisqa metrajli badiiy filmlar xalqaro tanlovi;

– Qisqa metrajli badiiy milliy filmlar tanlovidan iborat.

Festival doirasida, konferensiyalar, master-klasslar, brifing, kino sohasiga bog`liq davra suhbatlari varetro filmlar namoyishi bo`lib o`tishi ko`zda tutilmoqda.

Xalqaro jyuri tomonidan eng zo`r deb topilgan film kinofestival Gran-Prisiga sazovor bo`ladi. Shuningdek, festivalda boshqa nominasialar bo`yicha ham g`oliblar aniqlanadi.

Shu bilan birga, Festival direksiyasi o`zbek va xalqaro kinoning rivojlanishiga o`z xissasini qo`shgan ijodkorlarni sovrinlar bilan taqdirlashni ham rejalashtirib qo`ygan.

Kinofestivalda ishtirok etish uchun talabnomalarni 2018 yilning 27 oktyabrigacha www.prologuefilmfestival.com saytida ko`rsatilgan talablar bo`yicha topshirish imkoniyati mavjud.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1