Mutlaq janglar chempionati "UFC"ning engil vazn chempioni Habib Nurmagomedovga “Dog`iston xalq qahramoni” unvoni va “Oltin burgut” nishoni beriladi.
"Regnum" agentligi xabariga ko`ra, bu haqda polkovnik Magomed Tankaev nomidagi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash fondi ma`lum qilgan.
Aytish joizki, respublikaning ijtimoiy-siyosiy, ma`naviy-ma`rifiy va madaniy taraqqiyotiga ulkan hissa qo`shgan fuqarolarga beriluvchi bu mukofot 13 yil avval imom Shomil nomli xalqaro fond tomonidan ta`sis qilingan.






