Garvard universiteti olimlari junglidagi Surinam o`rmonini o`rganish mobaynida antiqa, g`ayrioddiy, noyob va o`ta go`zal hasharotni topib olishdi.
Shu kungacha fanga ma`lum bo`lmagan ushbu hasharotning kattaligi 7 millimetrni tashkil etadi. Uning orqa qismida esa supurgisifat kumushrang dumi bor. Oyoqlari 6 ta, sakrashni qoyillatadi.
Unga Troll deb nom berildi, olimlarning fikrlariga qaraganda uning ko`rinishi AQShda 1990 yillarda mashxur bo`lgan Troll Doll o`yinchoqlariga o`xshab ketadi. Trollning ko`payishi, tarqalishi, yashash tarzi o`rganilmoqda.
Olimlar ushbu junglilarda fanga ma`lum bo`lmagan, inson bilmaydigan minglab jonivorlar, qushlar va hasharotlarni topish mumkin ekanini aytishmoqda.