AsosiySiyosat

O`zbekiston Belarus va Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlik rejasini imzoladi

'O`zbekiston Belarus va Ozarbayjon bilan harbiy hamkorlik rejasini imzoladi'ning rasmi

11 oktyabr kuni O`zbekiston Mudofaa vaziri Abdusalom Azizov Belarus, Armaniston hamda Ozarbayjon mudofaa vazirlari bilan ikki tomonlama uchrashuv o`tkazdi, deb xabar qildi O`zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Ta`kidlanishicha, uchrashuv davomida tomonlar mudofaa va harbiy ta`lim sohasida hozirgi kunda olib borilayotgan hamkorlik hamda uning istiqbollariga oid masalalarni muhokama qildi, harbiy texnika yo`nalishida o`zaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash borasida fikr almashishgan.

Ozarbayjon va Belarus respublikalarining mudofaa vazirlari bilan bo`lib o`tgan uchrashuv yakunida 2019 yil davomida O`zbekiston mudofaa vazirligi bilan harbiy hamkorlik to`g`risidagi ikki tomonlama rejalar imzolandi.

O`zbekiston va Belarus respublikalarining Mudofaa vazirliklari o`rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik rejasidan O`zbekiston Mudofaa vazirligi rahbariyatining Belarusga rasmiy tashriflari, kelgusida ham harbiy topografiya, geodeziya, kartografiya va navigasiya sohalarida hamkorlikni davom ettirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash masalalari o`rin olgan.

Shuningdek, O`zbekiston hududida Belarus bilan qo`shma mashg`ulotlarini o`tkazish rejalashtirilgan.

O`zbekiston va Ozarbayjon o`rtasida harbiy ta`lim sohasida tajriba almashishga yo`naltirilgan tadbirlarni o`tkazish rejalashtirilgan. Bundan tashqari rejaga ko`ra, o`zbekistonlik harbiy mutaxassislar Ozarbayjonda o`tkaziladigan xalqaro musobaqalarda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishi ta`kidlangan.

    Boshqa yangiliklar