Rossiya Federasiyasining Chuvashiya Respublikasida katta YTH sodir bo`ldi, deb xabar bermoqda RIA Novosti nashri.
Gap shundaki, yuk mashinasi va mikroavtobus o`zaro to`qnashgan. Natijada esa 12 kishi hayotdan ko`z yumdi. Bundan tashqari, fojia oqibatida 10 kishi turli darajada jarohat olgan. Yo`l-transport hodisasi M7 “Volga” trassasida ro`y berdi. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, voqeaga “Mersedes” yuk mashinasi haydovchisi aybdor. Sababi, u taqiqlangan joyda qarama-qarshi yo`nalishga chiqib ketgan. Mikroavtobus esa o`z yo`nalishi bo`ylab harakatlanayotgan edi.






