Germaniyaning xususiy maktab egasi mamlakatda kun kechirayotgan qochoq oilalarga ko`mak berish maqsadida ularga bepul ta`lim bermoqda, deya ma`lum qildi Segodnya nashri.
Suriyalik Omar Alnifashi o`z oilasi bilan 4 yil avval noqonuniy yo`l bilan Germaniyaga kelgan va o`ta og`ir sharoitda yashashga majbur bo`lmoqda. Endi u maktabda ayrim fanlar bo`yicha bilim olishi mumkin. Bu yangilik Omar kabi yana ko`plab muxojirlarni xursand qilmoqda.






