Qozog`iston 2019-2021 yillar oralig`ida transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro daryolardan foydalanish va qo`riqlash bo`yicha Konvensiya Byurosiga raislik qiladi.
Qozog`iston qishloq xo`jaligi vazirligi matbuot xizmatining xabariga qaraganda, bu haqda transchegaraviy suv oqimlari va xalqaro daryolardan foydalanish va uni qo`riqlash bo`yicha Konvensiya tomonlari uchrashuvining sakkizinchi sessiyasi chog`ida ma`lum qilindi. Anjumanda 600 dan ziyod ekspertlar, BMT a`zolari bo`lgan 90 mamlakat vazirlari, xalqaro va nohukumat tashkilotlar vakillari uch kun mobaynida iqlim o`zgarishiga moslashish, suv resurslari, oziq-ovqat, energiya va ekotizimlar o`rtasidagi aloqalar, transchegaraviy suv hamkorligi foydalari va moliyalashtirish masalalarini muhokama etishadi.
Matbuot xizmati axborotiga ko`ra, ikkita hujjat — “Konvensiyani global darajada amalga oshirish Strategiyasi” va “Konvensiyaning 2019-2021 yillardagi ish dasturi” qabul qilinishi kutilmoqda.
Transchegaraviy suv oqimlari bo`yicha Konvensiya, bu transchegaraviy suvlardan oqilona foydalanish va himoyalash bo`yicha huquqiy bazani yaratuvchi xalqaro hujjatdir.






