Himolayda sodir bo`lgan kuchli qorbo`roni natijasida Annapurna tog`lari hududida 152 kishi yo`qolgan. Bu haqida Agence France-Presse xabar beradi. Nepal qutqaruv xizmati to`rt kishi halok bo`lganligini e`lon qildi.
Bo`ron boshlanish vaqtida Annapurnada jami 168 nafar xorijlik sayyohlar bo`lgan. Ularni kuzatib boruvchilarning soni aniq emas. Qidiruv ekspedisiyasi 13 kishini topdi, qolganlari bilan esa aloqa yo`oldi. Qutqaruvchilar havo ochilishi bilan ularni topishga umid bildirishmoqda.