Meksikaning Monterrey shtatida savdo markazi qulab tushdi, deya xabar bermoqda Rossiya 24 nashri.
Hodisa tufayli kamida 7 kishi halok bo`lgani xabar qilinmoqda. Shuningdek, 15 nafar inson yaralangan. Reuter axborot agentligi tarqatgan ma`lumotga ko`ra, 9 kishi bedarak yo`qolgan, deya qayd etildi. Xabarlarga ko`ra, binoda qurilish ishlari olib borilayotgan edi. Qurbonlarning barchasi qurilish xodimlaridir. Hozirda vayronalar ostidan yo`qolganlarni qidirish-qutqarish ishlari olib borilmoqda.






