1

Toshkent viloyati hokimi hayfsan oldi, prokuror va IIB boshlig`i ishdan ketdi

Siyosat 15.10.2018, 15:00
Toshkent viloyati hokimi hayfsan oldi, prokuror va IIB boshlig`i ishdan ketdi

14 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida bo`lib o`tgan selektor davomida Toshkent viloyati hokimi G`ulomjon Inomovich Ibragimov hayfsan oldi, deb xabar bermoqda «Kun.uz».

Ma`lum qilinishicha, viloyat rahbari 2018 yilgi paxta hosilini yig`ib-terib olish ishlarini o`ta sust tashkil etgani va mas`uliyatsizlikka yo`l qo`ygani uchun ogohlantirilgan.

Shuningdek, yig`ilish vaqtida Toshkent viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i, podpolkovnik Abdumalik Abduqodirovich Allamurodov ishdan olingan. U shu yilning yanvaridan buyon viloyat IIB boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgandi.

Nashrning ma`lum qilishicha, Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi Shavkat To`raqulovich Rahmatov ham lavozimini tark etgan. U o`z ixtiyori bilan ishdan bo`shash haqida ariza yozgan.

Shavkat Rahmatov shu yilning iyulida Toshkent viloyati prokurori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. U 2018 yilning yanvaridan viloyat prokurori sifatida ishlab, iyul oyida Surxondaryo viloyati hokimi etib tayinlangan Bahodir Baxtiyorovich Po`latov o`rnini egallagandi. U bungacha Po`latovning o`rinbosari sifatida ishlagandi.

Qayd etish kerakki, Rahmatov keyingi 12 oy ichida Toshkent viloyatining to`rtinchi prokurori bo`lgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1