AsosiySiyosat

Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

'Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi'ning rasmi

Toshkent viloyatining yangi prokurori ham ma`lum bo`ldi, deb xabar bermoqda «Kun.uz». Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi bosh prokurori o`rinbosari Salom Ismatovich Samadov viloyat prokurori etib tayinlandi.

U bu lavozimda o`z arizasiga binoan vazifasidan ketgan Shavkat Rahmatov o`rnida ish boshlaydi.

Salom Samadov 2017 yilning noyabrida O`zbekiston Respublikasi prezidenti farmoni bilan O`zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o`rinbosari lavozimiga tayinlangandi.

    Boshqa yangiliklar