AsosiyJamiyat

Germaniya Bundestagi Vise-prezidenti bilan uchrashuv

2014 yilning 15 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov boshchiligidagi delegasiya Berlin shahrida Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi Vise-prezidenti Ulla Shmidt bilan uchrashuv o`tkazdi.
Suhbat davomida ikki davlat munosabatlarini rivojlantirishning muhim masalalari hamda O`zbekiston-Germaniya parlamentlararo hamkorligini yanada chuqurlashtirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Germaniya tomoniga O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi quyi palatasi va davlat hokimiyatining mahalliy vakillik organlariga 21 dekabrda bo`lib o`tadigan umumxalq saylovlari to`g`risida ma`lum qilindi.
Uchrashuv chog`ida O`zbekiston va Germaniya hamkorligining boshqa masalalari ham ko`rib chiqildi.
Shu kunning o`zida O`zbekiston delegasiyasi Germaniya tadbirkorlar uyushmalari asosiy birlashmalarini o`z ichiga olgan Sharqiy qo`mitada ham uchrashuv o`tkazdi.

    Boshqa yangiliklar