AsosiyDunyo

Rossiyaliklar havoning iliqligidan xursand bo`lishmoqda

'Rossiyaliklar havoning iliqligidan xursand bo`lishmoqda'ning rasmi

Rossiyada kuz fasliga xos bo`lmagan noodatiy ob-havo sharoiti hukm surmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti nashri.

Odatga ko`ra, oktbyar oyida yog`ingarchilik va salqin havo kuzatilar edi. Ammo bu yil kuzning qoq yarmida kunlarning issiqligi rossiyaliklarni hayron qoldirmoqda. Odamlar iliq va quruq havodan rohatlanayotganlarini ta`kidlashmoqda. Meterologiya sohasi vakillari esa ushbu harorat kelasi haftada ham davom etishi mumkinligini xabar qilishmoqda. “Oftob chiqib turganini ko`rib kayfiyatim ko`tarildi. Tabiat ham chiroyli. Maza qilib, sayr qilyapman. Qish ham shunday o`tishini xohlayman”, dedi toza havoda sayr qilib yurgan rossiyaliklardan biri.

    Boshqa yangiliklar