Ispaniya va Portugaliyaga “Lesli” tropik to`foni yopirildi, deb xabar berdi TASS nashri.
Portugaliyaning Figeriya da Fosh shahrida po`rtana tufayli 27 kishi jarohat olgan. Bo`ron tufayli yuzlab uylar elektr energiyasisiz qoldi. Shamol tezligi soatiga 176 km tezlikka etgan. Mamlakatning 13 ta tumanida xavfning qizil darajasi e`lon qilindi. Daraxtlarning qulashi oqibatida mingdan ortiq YTHlar sodir bo`lgan.Koimbra shahri esa ofatdan eng ko`p jabr ko`rgan hududdir.






