AsosiyDunyo

Yamanda ichida yo`lovchilar bo`lgan mikroavtobuslarga hujum uyushtirildi

'Yamanda ichida yo`lovchilar bo`lgan mikroavtobuslarga hujum uyushtirildi'ning rasmi

Yamanning Xudaydo viloyatida salonida odamlar bo`lgan mikroavtobuslarga hujum qilindi, deb xabar berdi TASS nashri.

Berilgan zarba oqibatida 15 kishi halok bo`ldi. Shuningdek, yana 20 kishi yaralandi. Bu haqda BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi ma`lum qilmoqda. Voqea Jabal ar-Ras tumanida sodir bo`lgan. Xabarlarga ko`ra, jarohatlangan bir necha kishi mahalliy shifoxonalarga etkazilgan. Kim zarba berganiga aniqlik kiritilmagan. Hujumni kim amalga oshirgani ham hozircha ma`lum emas.

    Boshqa yangiliklar