AsosiySport

Umid Ahmadjonovning O`FA va MOQda qabul kunlari ochildi

'Umid Ahmadjonovning O`FA va MOQda qabul kunlari ochildi'ning rasmi

O`zbekistondagi sport muxlislari va futbol muxlislari bilan yanada yaqin bo`lish, ularni qiynayotgan muammolarni hal qilish, fuqarolar bilan jonli muloqot qilish maqsadida O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi prezidenti va O`zbekiston Futbol Assosiasiyasi birinchi vise-prezidenti Umid Ahmadjonovning qabulxonasi ochildi.

Har haftaning payshanba kuni soat 14:00 dan 18:00 ga qadar yurtimizdagi sport muxlislari qabulxonaga tashrif buyurib, o`zlarini qiziqtirgan mavzuda MOQ prezidentiga murojaat qilishlari mumkin bo`ladi.

Manzil: O`zbekiston Milliy olimpiya qo`mitasi. Toshkent shahri, Olmazor ko`chasi, 6 uy. Telefon: (+99871) 2444141.

Har haftaning chorshanba kuni soat 11:00dan 17:00ga qadar yurtimizdagi har bir futbol muxlisi qabulxonaga tashrif buyurib, o`zlarini qiziqtirgan mavzuda murojaat qilishi mumkin bo`ladi.

Manzil: Toshkent shahri, Islom Karimov ko`chasi, 98/A. Telefon: (+99871) 2309058

    Boshqa yangiliklar