Toshkentda O`zbekiston mustaqil bosma OAVi va AAniqo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi hamda Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil institutining qo`shma loyihasi doirasida «Mamlakatni modernizasiya qilish va kuchli demokratik jamiyatni barpo etishda OAV rolini oshirish» mavzusida davra suhbati bo`lib o`tdi. Bu haqida uza.uz xabar beradi.
Tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida fuqarolik jamiyati institutlari tizimi mustahkamlanib, «uchinchi sektor» va mahalla instituti jadal rivojlantirilayotgani, ijtimoiy ahamiyatga ega masalalarni hal etishda ommaviy axborot vositalarining roli kuchayib borayotgani hamda jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va ijtimoiy sheriklik munosabatlarini yo`lga qo`yishga doir choralar ko`rilayotganini ta`kidlandi.
Tadbir ishtirokchilari fuqarolik jamiyati institutlari tizimida ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni amalga oshirishda mass-medianing faol ishtirokini ta`minlash, fuqarolarning huquqiy madaniyati va ongini oshirish, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida va Prezidentimizning 2013 yil 12 dekabrda qabul qilingan «Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga ko`maklashish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi qarorida belgilab berilgan axborot sohasiga oid vazifalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari faoliyatining huquqiy asoslarini mustahkamlash hamda rivojlantirish, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda ommaviy axborot vositalari ishtirokining ahamiyatini oshirish choralari haqida ham so`z yuritildi.





