AsosiyDunyo

Fransiyadagi toshqin qurbonlari soni 13 nafarga etdi

'Fransiyadagi toshqin qurbonlari soni 13 nafarga etdi'ning rasmi

Fransiya janubi-g`arbida ro`y berayotgan toshqin qurbonlari soni 13 nafarga etdi, deya xabar qildi Segodnya nashri.

Reuters tomonidan ma`lumot berilishicha, yana bir kishi bedarak yo`qolgan. Hozircha faqatgina ming kishi boshqa joylarga ko`chirilgan. Ammo vaziyat shu tariqa davom etsa, qolganlarni ham evakuvasiya qilishga to`g`ri kelishi mumkin. Hudud bo`ylab 7 ta vertolyot navbati bilan parvoz qilmoqda. Ular toshqindan qochib, uy tomidan panoh topgan odamlarni qutqarish uchun jalb qilingan. Ayni vaqtda mamlakat bosh vaziri Eduard Filipp joylarga borib, vaziyat bilan tanishmoqda.

    Boshqa yangiliklar