Dastlab, Odil Ahmedov 72-daqiqada boshi bilan aniq zarba berib, hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi. Keyin esa Odilning o`zi zaxiradan maydonga tushgan Marat Bikmaevni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Marat esa to`pni darvozabonning ustidan oshirib, hisobni 2:0ga etkazdi.
Bugun O`zbekiston milliy terma jamoasi ancha mazmunli va qiziqarli o`yin namoyish qilib, muxlislarni xursand qilishga erishganini ham alohida ta`kidlash kerak.
O`rtoqlik uchrashuvi
O`zbekiston – Qatar 2:0
Gollar: Odil Ahmedov 72, – 1:0. Marat Bikmaev 85, – 2:0.
O`zbekiston: 30.O`tkir Yusupov, 2.Akmal Shorahmedov, 31.Egor Krimes (4.Dostonbek Tursunov, 64), 5.Anzur Ismoilov, 13.Oleg Zoteev, 15.Odil Hamrobekov, 9.Odil Ahmedov (Islom To`xtaxo`jaev, 90), 6.Husniddin G`ofurov (17.Dostonbek Hamdamov, 46), 22.Javohir Sidiqov, 8.Ikrom Aliboev (19.Vladimir Kozak, 83), 14.Eldor Shomurodov (10.Marat Bikmaev, 76).
Qatar: 21.Yusuf Hassan, 6.Abdulaziz Hatim Muhammad, 10.Hassan Al Haydos, 12.Karim Budiaf, 13.Sulton Hussayn, 15.Bassam Husam Al Ravi, 17.Muhammad Musa, 18. Abdulkarim Salim, 19.Al Moez Ali, 26.Toriq Salmon, 28.Assim Umar