1

"Istanbullik kelin" serialining suratga olish jarayonida bosh qahramon kutilmagan vaziyatga tushib qoldi

Madaniyat 17.10.2018, 15:11
"Istanbullik kelin" serialining suratga olish jarayonida bosh qahramon kutilmagan vaziyatga tushib qoldi

Qo`shiqchi va aktyor O`zjan Deniz "Istanbullik kelin" serialining yangi bo`limlarini suratga olish jarayonida kutilmagan vaziyatga tushib qoldi.

Bosh qahramon Farruhni ijro etayotgan O`zjan Deniz navbatdagi bo`limda Esma Bo`ron bilan uchrashib, ba`zi bir masalalarni muhokama qilishi kerak edi.

Aynan shu sahna ko`rinishida Esma Bo`ron Farruhga tarsaki tushishi lozim. Bo`ron rolini o`ynayotgan Ipek Bilgen ushbu sahna ko`rinishini qoyilmaqom tarzda ijro etib berdi.

U O`zjan Denizning yuziga shu qadar kuchli tarsaki tushirdiki, bosh qahramonning ko`zidan o`t chaqnab ketdi. Bu ham etmaganday...

Shapaloqning zarb kuchini O`zjan shunday izohlaydi:

"Avvaliga ko`z oldim qorong`ilashdi. Bir necha daqiqa davomida o`zimga kelolmadim. Ko`zimni ochganimda, Ipek xonim ham qo`rqqanidan yuzini to`sib olgandi. Qulog`im uch kun tovushlarni yaxshi ilg`ay olmadi".

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1