AsosiyDunyo

AQSh davlat kotibi Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi

'AQSh davlat kotibi Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi'ning rasmi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Saudiya Arabistoniga tashrif buyurdi, deb xabar berdi Ren.tv nashri.

U bu erda shahzoda Muhammad ibn Sulaymon bilan uchrashdi. Suhbat chog`ida saudiyalik muxolif jurnalist Jamol Xoshogiyning yo`qolib qolishi va ehtimoliy o`ldirilishi masalasi bo`yicha so`z borgan. AQShda istiqomat qiluvchi Jamol Xashshogi “Vashington post” gazetasi sharhlovchisi hisoblanadi. Pompeo ushbu voqeaga AQSh hukumatining aloqasi yo`qligini ta`kidlagan.

Xabarlarga ko`ra, turkiyaliklar jurnalist diplomatik vakolatxona binosida qiynoqqa solingan va vahshiyona tarzda o`ldirilganini ta`kidlashmoqda. Biroq Saudiya Arabistoni hukumati buni keskin rad etmoqda. Qo`shimcha ma`lumot sifatida aytish mumkinki, Turkiya polisiyasi Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsuli qarorgohini ko`zdan kechirishni keyinga qoldirdi. Bunga esa saudiyalik konsul Muhammad al-Utaybaning 16 oktyabrda Saudiya Arabistoniga qaytgani sabab bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar