1

Talabalar teatr studiyalari katta sahnada

Madaniyat 18.10.2018, 15:27
Talabalar teatr studiyalari katta sahnada

O`zbekiston yoshlar ittifoqi va Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi hamkorligida 2018 yil 18 oktyabr kuni “Muqimiy” nomidagi O`zbekiston musiqali drama teatrida “Yoshlar — kelajak bunyodkori!” shiori ostida o`tkazilib kelinayotgan Yoshlar festivallarining Talabalar teatr studiyalari ko`rik-tanlovi final bosqichining ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o`rinbosari – Dilnoza Kattaxanova, O`zbekiston Xalq artisti Elyor Nosirov, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi manaviyat va ma`rifat Markazi direktori – Olimjon Xudoynazarovlar so`zga chiqishdi.

O`zbekiston Xalq artisti Elyor Nosirov “O`zbekistonda 37 ta teatr mavjud bo`lsa, bugun ularning soni 6 taga ko`paydi. 44 yildan buyon teatrda faoliyat yuritaman. Shu davr mobaynida menyurak uchun, ong uchun ishladim. Muxlislarimga ma`naiy zavq, ma`naviy ozuqaulashdim. Bu dargoh teatr tamaltoshini qo`ygan ne-ne buyuk ustozlarni ko`rgan. Shuning uchun ham sahna muqaddas sanaladi. Teatrga oshno insonning ko`ngli toza, vijdoni pok bo`ladi,” — deya talabalar teatr studiyalari faoliyatiga ulkan zafarlar tiladi.

—Talabalar teatr studiyalari festivalining quyi bosqichlarida Respublikadagi 85 ta oliy o`quv yurtlarining yoshlar teatr jamoalari ishtirok etib, shundan 6ta oliygohga tegishli teatr jamoasi festivalning respublika bosqichiga ishtirok etish uchun yo`llanmani qo`lga kiritishdi. Bizning asosiy maqsadimiz teatr qadriyatini, san`atga bo`lgan muhabbatni yoshlarning qon-qoniga singdirishdir. Har jabhada faol, teatr san`atiga qiziqqan iqtidor sohiblarining kuchidan foydalangan holda bu maqsadlarga erishishimiz mumkin, — deydi O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi o`rinbosari Dilnoza Kattaxanova.

O`zbekiston Milliy universitetining “Xumo”, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining “Diplomat”, Qarshi davlat universitetining “Ziyo”, Buxoro davlat universitetining “Fitrat”, Qoraqalpoq davlat universitetining “Jayxun” hamda Toshket tibbiyot akademiyasi Farg`ona filialining “Nastarin” talabalar teatr studiyalari jamoalari yakuniy final bosqichida ishtirok etib, mutlaq g`oliblik uchun kurashishmoqda.

3 kun davomida yoshlar teatr jamoalarining sahna chiqishlari namoyish etiladi. Hakamlar hay`ati sifatida O`zbekiston xalq artisti, hakamlar hay`ati raisi – Elyor Nosirov, O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgant artist – Jumadilla Rametov, Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi mas`ul xodimi – Baxtiyor Egamberdiev, O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi a`zosi – Umida Abduazimova hamda O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashibosh mutaxassisi Mansur Boysarievlar festivalning 2018 yilgi g`olib jamoasi aniqlash maqsadida yoshlar teatr jamoalarining sahna chiqishlarini xolisona baholab borishadi.

—Mana shunday ulug` dargohga chiqib, xalq ko`z o`ngida inson dardi va kechinmalarini rollar orqali ijro eta olishning o`zi ham jasorat. Oliy ta`lim muassasalaridagi mana shunday jasoratga egan eng sara iste`dodli yoshlar bugun o`zlarining sahnalashtirgan spektakllarini bilan ma`naviyatni, ezgulikni targ`ib etishmoqda. Barcha jamoalarga omad kulib boqishini tilab qolaman,— deydi O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi manaviyat va ma`rifat Markazi direktori Olimjon Xudoynazarov.

Ilk namoyishni O`zbekiston Milliy universitetining “Xumo” talabalar teatr jamoasi Nikolay Gogol qalamiga mansub “Revizor” asari asosida sahnalashtirilgan spektakl bilan boshlashdi.

Festival yakunlari bo`yicha tantanali taqdirlash marosimi 20 oktyabr kuni “Yoshlik” talabalar shaharchasida joylashgan “Respublika yoshlar markazi”da bo`lib o`tadi.

Respublika bosqichi ishtirokchilari O`zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining qimmatbaho sovg`alari hamda diplom va sertifikatlari bilan taqdirlanadi.

Shahnoza Nurullaeva

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1