AsosiySport

Fazliddin G`oibnazarov yana bir raqibini nokautga uchratdi

'Fazliddin G`oibnazarov yana bir raqibini nokautga uchratdi'ning rasmi

Olimpiya o`yinlari chempioni, ayni paytda professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschimiz Fazliddin G`oibnazarov AQShning Las-Vegas shahrida o`zining navbatdagi jangini o`tkazdi. Mazkur jangda bokschimizga amerikalik charm qo`lqop ustasi Uilbert Lopes raqiblik qildi.

Hamyurtimiz sakkiz raundga mo`ljallangan jangning ikkinchi raundidayoq raqibini nokautga uchratdi va navbatdagi g`alabasini tantana qildi, deb xabar berdi MOQ.

Ma`lumot uchun, Fazliddinning professional ringda o`tkazgan janglari soni 6 taga etdi. Hamyurtimiz ularning barchasini o`z foydasiga hal qilgan. Janglarning 3 tasida raqiblarini nokaut evaziga mag`lub etgan. Lopes esa bugungisi bilan qo`shib hisoblaganda professional ringda 35-jangini o`tkazdi. U janglarining 23 tasida g`alaba qozongan. 15 tasida raqiblarini nokautga uchratgan. 10 ta to`qnashuvda esa mag`lubiyatga uchragan. 2 ta jangda muddatidan oldin yutqazib qo`ygan.

    Boshqa yangiliklar