AsosiyJamiyat

FHDYo organlarining eng yaxshi logotipi uchun tanlov e`lon qilindi

'FHDYo organlarining eng yaxshi logotipi uchun tanlov e`lon qilindi'ning rasmi

O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda FHDYo organlarining eng yaxshi logotipi uchun ijodiy tanlov e`lon qiladi.

Tanlovning asosiy maqsadi – FHDYo organlari xizmatining zamonaviy pozisiyasini namoyon qiluvchi yagona uslub yaratilishi, bu organlarning mavqeini mustahkamlash hamda organning faoliyati davlat axamiyatiga molik hujjatlarni qayd qilish bilan bog`liqligi, shu bilan bir qatorda oilaviy qadriyatlarni targ`ib qilishga qaratilganligini keng ommaga etkazish.

Logotip FHDYo organlari xizmatining zamonaviy pozisiyasini namoyon qilishi, bu organlarning mavqeini mustahkamlashga qaratilishi hamda bu organning faoliyati davlat axamiyatiga molik hujjatlarni qayd qilish bilan bog`liqligi, shu bilan bir qatorda oilaviy qadriyatlarni targ`ib qilishga qaratilgan organ ekanligini tasniflashi lozim.

Tanlovda, inson rasmi, davlat ramzlari, uchinchi shaxslarni huquqlarini buzuvchi, boshqa logotiplarda mavjud avtorlik elementlari bo`lishi ta`qiqlanadi. Taqdim qilingan logotiplar boshqa tanlovlarda qayd qilinganligi, oldin ishlatilganligi mumkin emas, qonunchilik talabalariga mos kelishi lozim.

Tanlov ijodiy ishlari elektron yoki qog`oz ko`rinishida qabul qilinadi. Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan logotiplar namunalari baxolanmaydi.

Tanlovga ishlar joriy yilning 15 noyabrgacha qabul qilinadi. G`olib dekabrda aniqlanadi va taqdirlanadi. Tanlovda g`olib bo`lgan ish O`zbekiston Respublikasi FHDYo organlarining logotipiga aylanadi.

Tanlov Nizomi bilan Xotin-qizlar qo`mitasining rasmiy wcu.uz saytida tanishish mumkin.

Tanlovda ishtirok etish uchun arizalari quyidagi elektron pochta manziliga yuborishingiz mumkin: tanlov.FHDYO.logotip@mail.ru.

Qo`shimcha ma`lumot olish uchun telefon: 244-17-45.

Manzil: Toshkent sh., Navoi ko`ch. 30, O`zbekiston xotin-qizlar qo`mitasi.

    Boshqa yangiliklar