Toshkent shahrining Uchtepa tumani Izza dahasida AGQShda avtomashina gaz balonining yorilib portlashi xodisasi yuzasidan tuman kengashi deputati Nuriddin Zaynitdinov «Facebook»dagi sahifasida ma`lum qildi.
Tegishli xizmatlardan olingan tezkor ma`lumotlarga ko`ra, 2018 yil 21 oktyabr kuni soat 20:00da Toshkent shahrining Uchtepa tumani, Izza dahasida joylashagan «Power auto gas» MChJga qarashli avtomashinlarga gaz qo`yish shoxobchasida VAZ 2106 rusumli avtomashina gaz balloni yorilib, portladi. Surxondaryolik Sh.M. boshqaruvidagi Toshkent viloyati, Zangiota tumanidan ro`yxatdan o`tgan, 80 litr hajmdagi metan gaz uskunasi o`rnatilgan, 2018 yil aprel oyida texnik ko`rikdan o`tgan mashina orqa qismi va kuzov detallari bo`laklarga ajralib, turli tomonlarga sochilib ketgan.
Hodisa sodir bo`lgan joyda Uchtepa tumani, 31-mavzeda istiqomat qiluvchi 296-maktabning 9-sinf o`quvchisi B.B. «o`ng oyoq son tepa qismi urilib shilingan yarasi» jarohati olganligi aniqlangan. Voqea joyida unga birinchi yordam ko`rsatilgan, kasalxonaga murojaat qilinmagan.

Xodisa sodir bo`lgan joyga tegishli xizmatlar vakillari etib borib, MChJ texnik xodimlari bilan birga atrof o`ralib, fuqarolar xavfsizligi ta`minlangan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.






