Saudiya Arabistoni bosh prokurori saudiyalik jurnalist Jamol Xashogiyning o`limini tan olgani xabar qilinmoqda, deya xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.
Saudiya Arabistonining Istanbuldagi konsulligida janjal yuz bergan, bu mushtlashuvga olib kelgan, so`ng Xashogiy hayotdan ko`z yumgan. Jurnalistning ishi bo`yicha dastlabki tergov u o`lik ekanligini aniqlagan. Eslatib o`tamiz, avvalroq Turkiyada Jamol Xashogiyning jasadi qoldiqlari qidirilayotgani xabar qilingandi.






