Ayni damda yuz minglab markaziy amerikaliklardan iborat muhojirlar karvoni Gvatemaladan Meksika tomonga o`tishga urinishmoqda, deya xabar qilmoqda Segodnya nashri.
Odamlar Meksika chegaralari oldiga to`planishgan. Ular chegara punktlarini bosib o`tib, ikki davlatni bog`lovchi ko`prikkacha etib kelishdi. Meksika polisiyasi esa ularni to`xtatib qolishga urinmoqda. Bundan avval esa Meksika tashqi ishlar vaziri Luis Videgaray Kaso va AQSh davlat kotibi Maykl Pompeo mazkur holat yuzasidan muzokaralar olib borgan edi. Prezident Tramp esa muhojirlar karvoniga qarshi chora ko`rishini ma`lum qilgan.






