AsosiyJamiyat

Avtomobilni boshqarish vaqtida telefondan foydalangan haydovchilarga jarima miqdori oshirildi

'Avtomobilni boshqarish vaqtida telefondan foydalangan haydovchilarga jarima miqdori oshirildi'ning rasmi

2018 yil 22 oktyabrdagi O`zbekiston Respublikasi Qonuni bilan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksga o`zgartirish kiritildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Unga muvofiq, endilikda transport vositasini boshqarish vaqtida haydovchilarning telefondan foydalanishi eng kam ish haqining uch baravari miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi (ilgari ikki baravar).

Xuddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, eng kam ish haqining to`rt baravari (ilgari uch baravar) miqdorida jarima solishga yoki transport vositasini boshqarish huquqidan olti oygacha muddatga mahrum etishga sabab bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar