AsosiyJamiyat

Yangiyo`lda er-xotin is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo`ldi

'Yangiyo`lda er-xotin is gazidan zaharlanish oqibatida halok bo`ldi'ning rasmi

2018 yilning 18 oktyabr kuni Yangiyo`l tumani "Keng kichik" MFY Farovon ko`chasi 12-uyda istiqomat qilib kelgan 2 nafar fuqaro (er-xotin) is gazidan zaharlanib, vafot etgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, ushbu fojiaga xonadon erto`lasiga o`rnatilgan qo`lbola (sertifikatlanmagan) suv isitish anjomi sabab bo`lgan.

Mutaxassislar xulosasiga ko`ra, gazda ishlovchi suv isitish anjomiga dudburon o`rnatilmaganligi hamda erto`lada havo almashish tuynugi bo`lmaganligi oqibatida, tabiiy gazni chala yonishi va is gazi hosil bo`lishi yuzaga kelgan. Erto`lada to`plangan is gazi (havodan engil) yotoqxonaga ko`tarilgan va xonadon egalarini halokatli zaharlanishiga olib kelgan.

"Kirib kelayotgan isitish mavsumida gaz va boshqa muqobil yoqilg`i turlaridan xavfsiz foydalanish qoidalariga amal qiling. Qo`lbola va sertifikatlanmagan isitish anjomlaridan foydalanmang. Is gazidan zaharlanishdan o`zingiz va yaqinlaringizni asrang", - deyilgan FVV xabarida.

    Boshqa yangiliklar